Yig'ilishda yoshlar yetakchilari tomonidan yarim yillik hisobotlar tinglandi. Yoshlarga qo'yilgan eng ustuvor vazifalardan biri kimyo sanoatini rivojlantirish hamda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish to'g'risida innovatsion loyihalar ustida ishlash ekanligi ta'kidlandi.
Joriy yilning 8 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 8284 tonna 17113,2 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 7 iyul kuni 14962,7 mln. so'mlik 7138 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 7 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 7138 tonna 14962,7 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 6 iyul kuni 19501,8 mln. so'mlik 8990 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Toshkent kislorod zavodi” UK negizida zamonaviy tibbiyot kislorodi ishlab chiqarishni tashkil etish investitsiya loyihasi asosida mahalliy investor tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika shifoxonalarini tibbiyot kislorodiga bo'lgan talabini qondirish maqsadida “OXYGEN TASHKENT” MChJ tashkil etildi.
Joriy yilning 6 iyul kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 8990 tonna 19501,8 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich yuqori bo'lgan ya'ni 5 iyul kuni 19871,4 mln. so'mlik 9765 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.