Bugun “O`zekspomarkaz”da “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o`z faoliyatini boshladi. Yarmarkada “O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ham ishtirok etmoqda hamda tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Joriy yilning 13-dekabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 7213 tonna 18008,9 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 10-dekabr kuni 31416,6 mln. so‘mlik 12283 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida mamlakatimizda kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha uzoq muddatli hamkorlikni yo`lga qo`yishga qaratilgan tadbirlarida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan “Uralxim” AJ direktorlar Kengashi a’zosi va bosh direktori Dmitriy Mazepin boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.