Joriy yilning 25-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 19807 tonna 65272,3 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 24-mart kuni 64596,7 mln. so‘mlik 19611 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
Joriy yilning 24-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 19611 tonna 64596,7 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. O‘tgan hafta bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 18-mart kuni 75382,8 mln. so‘mlik 23149 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
Joriy yilning 23-mart kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan, mamlakatimizning, xususan Chirchiq shaharining iqtisodiy hayotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan “Chirchiq” Kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov, Oʻzbekiston va Tatariston hukumati, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, kimyo va neft-kimyo sanoati vakillari, tadbirkorlar, mahalla faollari va faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17- fevraldagi “2022-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O`zkimyosanoat” AJ tomonidan Toshkent viloyati Bolalar ftiziatriya sihatgohida Navro`z bayrami munosabati bilan hayriya tadbiri o`tkazildi.
Joriy yilning 18-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 23149 tonna 75382,8 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 17-mart kuni 54435,8 mln. so‘mlik 19406 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.