29-30 sentabr kunlari, “O’zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi O’zbekiston Iqtisodiyot Forumi bo'lib o'tadi. Sizni Iqtisodiyotning dolzarb yo’nalishlaridagi mavzularga bag’ishlangan, xalqaro ekspertlar va yuqori tajribaga ega mutaxassislar ishtirokidagi ochiq muhokama va mulohazalar, xorijiy jurnalistlar bilan sessiyalar va The Financial Times bilan maxsus virtual panel sessiyalarda kutib qolamiz.
O'zbekiston Iqtisodiy Forumi doirasida so'nggi besh yildagi iqtisodiy islohotlar bo'yicha O'zbekiston tajribasini zamonaviy usullar yordamida tahlil qilish hamda istiqboldagi islohotlar mundarijasining makroiqtisodiy islohotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar transformatsiyas, davlat ishtirokidagi banklar transformatsiyasi, kapital bozorlarini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va xususiylashtirish yo'nalishlari bo'yicha fikr almashiniladi.