Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O‘zkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishlari — R Eshbekov

// 03 May 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (32.19 KB)

Joriy yil 1-chorakda "Oʻzkimyosanoat"AJ va tarmoq korxonalarda mablagʻlarni talon-toroj qilish oqibatida 5,5 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov maʼlum qildi:

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda olib borgan chora-tadbirlari natijasida jami yetkazilgan moddiy zararning 4,5 mlrd soʻmga yaqin qismi undirilishiga erishildi.

Hisobot davrida tizim korxonalarida xaridlar jarayonining ochiq va shaffofligi taʼminlanishi hamda ularni “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq amalga oshirilishi natijasida jami 3,4 mlrd soʻmlik pul mablagʻlari asossiz sarflanishining oldi olinib, iqtisod qilindi.