Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

«O'zkimyosanoat» AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga ikkita nomzodni mustaqil a'zo sifatida jalb qilish bo'yicha tanlov e'lon qiladi

// 18 June 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (67.34 KB)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida” 27 oktyabrdagi PF-6096-son Farmoniga muvofiq tanlovda xalqaro mutaxassislar, shuningdek vatandoshlar ishtirok etishga haqli.

NOMZODLARGA TALABLAR:

  • so'nggi uch yil mobaynida jamiyatda va (yoki) jamiyatning affillangan shaxsida ishlamagan;
  • - jamiyatning aksiyadori va (yoki) affillangan shaxsning ta'sischisi (ishtirokchisi) emas;
  • jamiyatning yirik mijozi va (yoki) jamiyatning va affillangan shaxsning yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqaroviy-huquqiy aloqalari yo'qligi (bunda yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb ikki ming bazaviy hisoblangan qiymatdan yuqori bo'lgan amaldagi shartnomaga ega shaxslar hisoblanadi);
  • - jamiyat va (yoki) affillangan shaxs bilan hech qanday kelishuvlarga ega bo'lmagan, jamiyatning kuzatuv kengashi funktsiya va vazifalarini ijrosini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan kelishuvlar bundan mustasno;
  • jamiyatning so'nggi uch yilda boshqaruv organi va ichki nazorat a'zosining va (yoki) jamiyatning affillangan shaxsining turmush o'rtog'i (ayoli), ota-onasi (boqib oluvchisi), farzandi (boqib olingan), qondosh yoki o'gay akasi, yoki opasi bo'lmagan;
  • davlat boshqaruvi organi yoki davlat korxonasi ishchisi bo'lmagan;
  • kimyo sanoati, iqtisodiyot, moliya, menedjment, biznes va boshqaruv sohasida oliy ma'lumotning mavjudligi;
  • - yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha yirik rivojlangan kimyo korxonalarida boshqaruv lavozimlarida 10 yildan kam bo'lmagan ish tajribasiga ega bo'lgan;
  • - moliyaviy tahlilchi xalqaro sertifikatlari yoki ilmiy darajasini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi;
  • - sanoat va bozor, ishlab chiqarish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini tushunish;
  • - inqirozga qarshi kurashish boshqaruvi strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish tajribasi;
  • - iqtisodiyot sohasida yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar bo'yicha sudlanganligi mavjud emasligi;
  • - rus va ingliz tillarini bilish (o'zbek tilini bilishi qo'llab-quvvatlanadi);
  • - tegishli tavsiyalar/mulohazalarning mavjudligi.

MAJBURIYaTLAR:

O'zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlikdorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonuni hamda “O'zkimyosanoat” AJ ustaviga muvofiq kuzatuv kengashi a'zosi majburiyatlariga quyidagi masalalarni ko'rish kiradi:

  • - jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
  • - aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig'ilishlarini chaqirish;
  • - aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibini tayyorlash;
  • - aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;
  • - aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasini belgilash;
  • - aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi hal qilishi uchun jamiyatning ustaviga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash masalasini kiritish;
  • - jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) oshirish, hamda jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) oshirish va e'lon qilingan aksiyalarning sonini kamaytirish bilan bog'liq jamiyat ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish;
  • - jamiyatning korporativ obligatsiyalarini chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish.
  • - jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • - qimmatli qog'ozlarning hosilalarini chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • - jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish;
  • - jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog'liq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;
  • - qimmatli qog'ozlar(aksiya, obligatsiyalar) chiqarilishi to'g'risidagi qarorni va aksiyalar emissiyasi risolasini tasdiqlash;
  • - qimmatli qog'ozlar(aksiya, obligatsiyalar) chiqarilishi to'g'risidagi qarorga va aksiyalar emissiyasi risolasiga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish va ular matnini tasdiqlash;
  • - mol-mulk bozor qiymatini aniqlashni tashkillashtirish;
  • - aksiyadorlar umumiy yig'ilishi qarorida belgilangan chegaralar doirasida jamiyat raisi va boshqaruv a'zolariga to'lanadigan rag'batlantirish va (yoki) kompensatsiya puli miqdorini belgilash;
  • - xayriya (homiy) yoki beg'araz yordam ko'rsatish tartibi va shartlarini belgilash;
  • - aksiyadorlar umumiy yig'ilishi qarorida belgilangan chegaralar doirasida xayriya (homiy) yoki beg'araz yordam ko'rsatish to'g'risidagi qarorni qabul qilish
  • - jamiyat raisi va boshqaruv a'zolari vakolatlarini muddatidan avval tugatish;
  • - korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash;
  • - jamiyat aksiyalari va ulushlari mavjud bo'lgan korxona va tashkilotlar boshqaruv organlarida jamiyat nomidan uning vakillarini ovoz berish tartibini tasdiqlash;
  • - Kuzatuv kengashi qoshida qo'mitalar (ishchi guruxlar) tuzish va ularning faoliyati tartibini belgilovchi nizomlarni tasdiqlash;
  • - jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash;
  • - ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;
  • - olingan xujjatlardan faqatgina xizmat doirasida foydalanish;
  • - auditorlik tekshiruvini o'tkazish (majburiy auditorlik tekshiruvi bundan mustasno), auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlariga to'lanadigan eng ko'p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to'g'risida qaror qabul qilish;
  • - jamiyatning taftish komissiyasi a'zolariga to'lanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;
  • - dividend miqdori, uni to'lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
  • - jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;
  • - jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;
  • - jamiyatning sho''ba va tobe xo'jalik jamiyatlarini tashkil etish.

QO'ShIMChA ShARTLAR:

Kuzatuv kengashi a'zosiga nomzod tomonidan korporativ boshqaruv usullarini tadbiq qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va jaxon tajribasidan kelib chiqgan holda jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha Yo'l xaritasini taqdim etishi qo'llab-quvvatlanadi.

Barcha shartlar, shu jumladan mehnatga to'lanadigan xaq, transport, turar joy va boshqalar alohida muhokama qilinadi.

Yuqorida qayd etilgan talablarga javob beradigan nomzodlar rezyume (SV) va nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni uzkimyosanoat@uks.uz elektron manziliga 2021 yil 29 iyunga qadar yuborishlari kerak.

Ma'lumot uchun kontakt raqamlari (“O'zkimyosanoat” AJ Korporativ munosabatlar boshqarmasi) : +99878140-74-51, +99878140-74-67.