Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Dehqonobod kaliy zavodi” aksiyadorlik jamiyati tayyor mahsulotlarni hisobga olish va sotishni, RFID texnologiyasi asosida markirovkalash orqali, avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishga tanlov eʼlon qiladi.

// 26 August 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (47.98 KB)

1. Tanlov mavzusi:

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ korxonasida tayyor mahsulotlarni markirovkalash boʻyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2. Ishlar/xizmatlarning mazmuni:

Axborot tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish, takomillashtirish va kafolatli qoʻllab-quvvatlash. Axborot tizimi texnik shartlarning talablariga javob berishi kerak.

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning barcha korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash, mahsulotlarni joʻnatish va tayyor mahsulotlar harakati, omborlar, tayyor mahsulotlarni savdosi, korporativ hisoboti va maʻlumotlarni umumlashtirishni boshqarish uchun modullarining apparat va dasturiy qismlarini joriy etish zarur.

3. Tanlov takliflarini yuborish tartibi toʻgʻrisida maʻlumot:

Takliflar birja platformalarida https://etender.uzex.uz/lot/143707 manzili orqali qabul qilinadi.

Texnik takliflarni 26.08.2022 yil sanasidan 06.09.2022 yil sanasigacha qabul qilinadi.

Manzil: “DEHQONOBOD KALIY ZAVODI” AJ, 180405 Oʻzbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani

Telefon:  +998-75-612-50-05

4. Kompaniyaga qoʻyilgan talablar:

  • Tashkilot yuqorida koʻrsatilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun barcha zarur litsenziyalar va sertifikatlarga ega boʻlish;
  • Kamida 3 ta mijozlardan ijobiy tavsiyanomalar taqdim etish;
  • Kamida 5 yil ushbu xizmatlar bozorida ish tajribasiga ega boʻlish;
  • Shu kabi loyihalar va ularning tatbiq etilganligi haqida maʻlumot berish;
  • Yuridik va buxgalteriya hujjatlarini berish va olish huquqiga ega boʻlgan Toshkent shahridagi ofisning mavjudligi;
  • Bankrotlik va sud jarayonlari bosqichida emasligi.
  • Taklif etilgan funksional va texnik yechimlarning TV talablariga muvofiqligi va ishlab chiqish darajasi, maqsad, erishish uchun qoʻllanilgan uslubning asosliligi.

5. Kafolat talablari:

  • Xizmatlarni oʻz vaqtida toʻgʻri bajarish kafolati;
  • Ish qabul qilinganidan soʻng kamida 12 oy davomida xizmat koʻrsatish kafolati.

6. Eng yaxshi taklifni aniqlashda buyurtmachi tomonidan foydalaniladigan mezonlar:

  • Funktsional imkoniyatlar;
  • Sifat;
  • Qiymati;
  • Xizmat koʻrsatish muddatlari;
  • Xizmat koʻrsatish kafolati.