Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida tayyor mahsulotlarni hisobga olish va sotishni, RFID texnologiyasi asosida markirovkalash orqali, avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishga tanlov eʼlon qiladi

// 18 May 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (50.62 KB)

1. Tanlov mavzusi:

“Maxam-Chirchiq” AJ korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash bo`yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2. Ishlar/xizmatlarning mazmuni:

Axborot tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish, takomillashtirish va kafolatli qo`llab-quvvatlash. Axborot tizimi texnik shartlarning talablariga javob berishi kerak.

“Maxam-Chirchiq” AJning barcha korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash, mahsulotlarni jo`natish va tayyor mahsulotlar harakati, omborlar, tayyor mahsulotlarni savdosi, korporativ hisoboti va ma’lumotlarni umumlashtirishni boshqarish uchun modullarining apparat va dasturiy qismlarini joriy etish zarur.

3. Tanlov takliflarini yuborish tartibi to`g`risida ma’lumot:

Takliflar birja platformalarida https://etender.uzex.uz/lot/90225 manzili orqali qabul qilinadi.

Texnik takliflarni 19.05.2022 yil sanasidan 28.06.2022 yil sanasigacha qabul qilinadi.

Manzil: «MAXAM-CHIRCHIQ» AJ, 111708 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Toshkent ko‘chasi, 2.

Telefon:  +998 70 715-15-75, +998 70 715-25-20

4. Kompaniyaga qo`yilgan talablar:

  • Tashkilot yuqorida ko'rsatilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun barcha zarur litsenziyalar va sertifikatlarga ega bo'lish;
  • Kamida 3 ta mijozlardan ijobiy tavsiyanomalar taqdim etish;
  • Kamida 3 yil ushbu xizmatlar bozorida ish tajribasiga ega bo`lish;
  • Shu kabi ishlanmalar va ularning tadbiq etilganligi haqida ma’lumot berish;
  • Yuridik va buxgalteriya hujjatlarini berish va olish huquqiga ega bo`lgan Toshkent shahridagi ofisning mavjudligi;
  • Bankrotlik va sud jarayonlari bosqichida emasligi.

5. Kafolat talablari:

  • Xizmatlarni o`z vaqtida to`g`ri bajarish kafolati;
  • Ish qabul qilinganidan so`ng kamida 12 oy davomida xizmat ko`rsatish kafolati.

6. Eng yaxshi taklifni aniqlashda buyurtmachi tomonidan foydalaniladigan mezonlar:

  • Funktsional imkoniyatlar;
  • Sifat;
  • Qiymati;
  • Xizmat ko'rsatish muddatlari;
  • Xizmat ko’rsatish kafolati.