Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida tayyor mahsulotlarni hisobga olish va sotishni, RFID texnologiyasi asosida markirovkalash orqali, avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etishga tanlov eʼlon qiladi

// 16 November 2021 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (50.37 KB)

1. Tanlov mavzusi:

“O`zkimyosanoat” AJ korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash bo`yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2. Ishlar/xizmatlarning mazmuni:

Axborot tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish, takomillashtirish va kafolatli qo`llab-quvvatlash. Axborot tizimi texnik shartlarning talablariga javob berishi kerak.

“O`zkimyosanoat” AJning barcha korxonalarida tayyor mahsulotlarni markirovkalash, mahsulotlarni jo`natish va tayyor mahsulotlar harakati, omborlar, tayyor mahsulotlarni savdosi, korporativ hisoboti va ma’lumotlarni umumlashtirishni boshqarish uchun modullarining apparat va dasturiy qismlarini joriy etish zarur.

3. Tanlov takliflarini yuborish tartibi to`g`risida ma’lumot:

Takliflarni qabul qilish ikki bosqichdan iborat bo'ladi: 1-bosqich texnik takliflarni qabul qilish; 2-bosqich tijorat takliflarini qabul qilish.

Texnik takliflarni 16.11.2021 yil sanasidan 23.12.2021 yil sanasigacha qabul qilinadi.

Taklif tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan rasmiy blankida asl muhri bilan rasmiylashtirilgan bo’lshi kerak.

Takliflarni taqdim etish joyi: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 38-uy. (09.00 dan 17.00 gacha, dushanba-juma kunlari). Tel. raqami: (78) 140-74-77.

4. Kompaniyaga qo`yilgan talablar:

  • Tashkilot yuqorida ko'rsatilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun barcha zarur litsenziyalar va sertifikatlarga ega bo'lish;
  • Kamida 3 ta mijozlardan ijobiy tavsiyanomalar taqdim etish;
  • Kamida 3 yil ushbu xizmatlar bozorida ish tajribasiga ega bo`lish;
  • Shu kabi ishlanmalar va ularning tadbiq etilganligi haqida ma’lumot berish;
  • Yuridik va buxgalteriya hujjatlarini berish va olish huquqiga ega bo`lgan Toshkent shahridagi ofisning mavjudligi;
  • Bankrotlik va sud jarayonlari bosqichida emasligi.

5. Kafolat talablari:

  • Xizmatlarni o`z vaqtida to`g`ri bajarish kafolati;
  • Ish qabul qilinganidan so`ng kamida 12 oy davomida xizmat ko`rsatish kafolati.

6. Eng yaxshi taklifni aniqlashda buyurtmachi tomonidan foydalaniladigan mezonlar:

  • Funktsional imkoniyatlar;
  • Sifat;
  • Qiymati;
  • Xizmat ko'rsatish muddatlari;
  • Xizmat ko’rsatish kafolati.

Texnik vazifani yuklab olish