Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimiga tanlov eʼlon qilinadi

// 09 February 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (50.93 KB)

Vazifalari, funksional majburiyatlari

  • Jamiyat tizimidagi korxonalar va tashkilotlar oʻz nizomi va ichki lokal  hujjatlariga rioya etilishi hamda Jamiyat mablagʻlaridan oqilona, samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • Jamiyat faoliyatida amaldagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlari, korrupsiya xarakatlari va manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha aloqa kanallari orqali Boshqarmaga kelib tushgan signallardan hamda Rahbariyat topshiriqlaridan kelib chiqib, Jamiyatning boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda xizmat tekshiruvlari oʻtkazadi;
  • Jamiyat boʻlinmalarida amaldagi qonun hujjatlariga amal qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati va unga oid huquqbuzarliklarni yuzaga kelish ehtimolini baholaydi va mavjud maʼlumotlar toʻplaydi;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturlarida Jamiyatga yuklatilgan vazifalarning ijrosini amalga oshirishda ishtirok etadi hamda bajarilishi ustidan monitoring qilib boradi;
  • Jamiyatning xaridlar sohasida oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolarining qonunchilikka rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratini amalga oshiradi hamda kontragayentlarni tekshirishda ishtirok etadi;
  • Jamiyat va uning tarkibidagi boʻlinmalar tomonidan hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarni amaldagi qonun hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha komplayens nazoratni amalga oshiradi;
  • Jamiyat tomonidan xomiylik yordamlarini koʻrsatilishida belgilangan normalar va qonun hujjatlarga rioya etilishini oʻrganadi;
  • Jamiyat xodimlarining sovgʻalar berish/olish va ishbilarmonlik, mexmondoʻstlik belgilari boʻyicha xatti-xarakatlarining qonun hujjatlarga va ichki meʼyoriy hujjatlarga, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarga muvofiqligini oʻrganadi;
  • oʻtkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar va qonunbuzilishlarni bartaraf etilishi yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlaydi;
  • oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini kafolatlaydi;
  • markazlashtirilgan topshiriqlar boʻyicha nazorat hujjatlarini umumlashtiradi hamda ular yuzasidan tegishli axborotlar va takliflar tayyorlaydi;
  • Jamiyat tizimida aniqlangan xarakterli qonun buzilishlari boʻyicha oʻrganishlar materiallarini umumlashtirish hamda kelgusida ularni bartaraf etish va ularning oldini olishga doir takliflarni tayyorlaydi;
  • sohaga oid halqaro standartlar boʻyicha oʻquv kurslarida, trening va seminarlarda qatnashadi va malakasini oshiradi;
  • oʻz vakolati doirasida boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

Nomzodga qoʻyiladigan talablar

  • 30 yoshdan 35 yoshgacha;
  • Iqtisod, moliya, moliyaviy kredit, yurisprudensiya sohasida oliy maʼlumot;
  • Moliya, iqtisod, audit, nazorat taftish, gʻaznachilik, davlat xaridlarini boshqarish va yurisprudensiya sohalari boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasi (moliyaviy nazorat, gʻaznachilik va davlat xaridlari sohalarida ishlagan boʻlsa ustunlik beriladi);
  • Moliyaviy nazorat, davlat xaridlari, komplayens nazorat, ishlab chiqarish bilan bogʻliq sohalarda kamchiliklarni tekshirish, aniqlash hamda tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish, zamonaviy fikrlash, soha boʻyicha takliflar berish  hamda ularni joriy etish;
  • Oʻzbek tilini  yozma va ogʻzaki nutq uchun erkin darajada bilishi shart. Rus va ingliz tillarini bilishi maʼqullanadi;
  • Kompyuter savodxonligi, ofis dasturlarini mukammal bilish;

Hamkorlik shartlari

  • Bandlik shakli: Ofisda/toʻliq bandlik;
  • Ish tartibi 09:00 dan 18:00 gacha.  Dushanba-juma;
  • Mehnat qonunchiligi doirasida ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilishi mumki;
  • Sinov muddati 3 oy;
  • Uzoq muddatli xizmat safarlariga tayyorlik.

Qoʻshimcha talablar

  • Korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik va unga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish;
  • Masʼuliyatlilik, vijdonlilik, samaradorlik, tirishqoqlik, stressga chidamlik;
  • Moliya, nazorat-taftish va gʻaznachilik sohasiga oid davlat idoralarida mehnat faoliyatini olib borganligi;
  • Sogʻligʻining qoniqarliligi (xodimning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan surunkali kasalliklarga chalinmaganligi);
  • korrupsiya, mansab vakolati va iqtisodiy jinoyatlar bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sudlanmaganligi.