“Oʻzkimyosanoat AJ” boshqaruv raisining oʻrinbosari Akobir Toʻxtayev “Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumi ishtirokchilar bilan uchrashdi. Unda shuningdek, tarmoq korxonalari va bir qancha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ham ishtirok etishmoqda.
Milliy va zamonaviy ruhda o‘tgan nooadatiy va samimiy uchrashuvda xotin-qizlarning zukkolligi va intellektual salohiyati vа faolligini oshiruvchi tanlovli oʻyinlar boʻlib oʻtdi.
“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumining eng muhim tanlovi boʻlgan “Eng yaxshi innovatsion gʻoya” koʻrik-tanlovi yosh mutaxassislarning yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, sanoatda tejamkor texnologiyalarni samarali qoʻllash, tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Bugun 24 ta jamoa “Rahbar kubogi” uchun bahs olib bordi.