Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan edi. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida olimpiada ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurash reytingida “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyati 90 ball bilan yaxshi deb baholandi va 3-o‘rinni qayd etdi Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zkimyosanoat” AJ axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov ma’lum qildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari Akobir Xakimovich Toʻxtayev “Sanoat korxonalarida transformatsiya jarayonlarini samarali boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega boʻldi.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi oʻz savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2024-yil 2-avgust sanasidagi yakuni boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadi.