Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tarmoq yangiliklar

O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 8 iyun sanasidagi savdo yakunlari

// 08 June 2021 yil

Joriy yilning 8 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10833 tonna 28614,3 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 7 iyun kuni 26905,7 mln. so'mlik 10666 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


Korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish masalalari muhokama etildi

// 08 June 2021 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida tashkilot tizimida yashirin iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo'yicha 2020-2021 yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Videokonferentsaloqa tarzida o'tgan tadbirda “O'zkimyosanoat” AJ rahbar-xodimlari, tizimdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari, Komplaens xizmati xodimlari va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.


Elektr energiya ta'minotidagi uzilish sababli faoliyati vaqtincha to'xtagan “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar faoliyati tiklandi

// 05 June 2021 yil

Joriy yilning 4 iyun kuni soat 22:16da “Talimarjon” IES energobloki avariyaviy holatda to'xtaganligi sababli “O'zkimyosanoat” AJga qarashli “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ob'ektlarida elektr uzilishi kuzatildi. Natijada jamiyatning tog'-kon va qayta ishlash majmualarining asosiy ishlab chiqarish qurilmalari ish faoliyati 5 iyun soat 00:24gacha to'xtab qoldi. Bundan tashqari jamiyatni suv bilan ta'minlaydigan suv nasoslari ham to'liq to'xtadi. Korxona mutaxasisilari tomonidan yuzaga kelgan holat bartaraf etilishi natijasida 5 iyun soat 05:43da suv ta'minot qayta tiklandi hamda korxona o'z ish faoliyatini boshladi.


O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 4 iyun sanasidagi savdo yakunlari

// 04 June 2021 yil

Joriy yilning 4 iyun kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10031 tonna 24898,8 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 3 iyun kuni 20190,8 mln. so'mlik 7702 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.


Jurnalistlar “Tashkent Polymer Syntez” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

// 04 June 2021 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkilot tizimidagi yangi korxonalardan biri “Tashkent Polymer Syntez” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni hamda mahsulotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Yuqori Chirchiq tumaniga press-tur tashkil etildi.