SAP Universitet Ittifoqi va “O‘zkimyosanoat” AJ o’rtasida tarmoq oliy o’quv yurtlari o’qituvchi va talabalari uchun keng ko‘lamli o‘quv dasturiga start berilganini e’lon qilamiz. Tashabbusdan koʻzlangan maqsad “Oʻzkimyosanoat” AJning raqamlashtirish loyihalarida ishtirok etish uchun malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tizimi korxonalarida davlat kafolati ostida umumiy qiymati 2,4 mlrd dollarga teng boʻlgan 7 ta investitsion loyihasi amalga oshirilib, xorijiy mamlakatlar moliyaviy institutlaridan 1 451,6 mln dollar (61%) mablagʻ jalb qilingan.