Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tarmoq yangiliklar

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan “Ayolga saodat bering!” nomli ijtimoiy roliklar tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkazildi

// 13 September 2022 yil

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan “Ayolga saodat bering!” nomli ijtimoiy roliklar tanlovi eʼlon qilingan edi. Poytaxtimizdagi “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


“OʻZKIMYOSANOAT” AJDA ERON ISLOM RESPUBLIKASI NEFT VAZIRINING OʻRINBOSARI AHMAD ASADZODA BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA BILAN UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI

// 12 September 2022 yil

“Oʻzkimyosanoat” AJda Eron Islom Respublikasi Neft vazirining oʻrinbosari Ahmad Asadzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasida neft-kimyo sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari, jumladan, kimyo sanoati mahsulotlari eksport va importi borasida hamkorlikni kengaytirish, birgalikda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 9-sentabr sanasidagi savdo yakunlari

// 09 September 2022 yil

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 9-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.


“OʻZKIMYOSANOAT” HAMDA “NAVOIYAZOT” AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING RASMIY BAYONOTI

// 07 September 2022 yil

Ommaviy axborot tarmoqlarida, jumladan, Kompromatuzb, podrobno.uz ijtimoiy tarmoqlari va NAVOIY VIIB I RASMIY telegram kanalida “Navoiyazot” AJ tomonidan Zarafshon daryosiga tashlanadigan ifloslangan suvlar tarkibida azot kislotasi miqdori tavsiya qilinganidan ortib ketganligi natijasida Zarafshon daryosida yashovchi tirik jonzotlar nobud boʻlgan” mazmunidagi maʼlumotlar keng tarqalmoqda.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 5-sentabr sanasidagi savdo yakunlari

// 05 September 2022 yil

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 5-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.