Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tarmoq yangiliklar

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 1-noyabr sanasidagi savdo yakunlari

// 01 November 2022 yil

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 1-noyabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.


“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida konferensiya o`tkazildi

// 01 November 2022 yil

“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QKda “O`zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining bosh muhandislari ishtirokida, ishlab chiqarish quvvatlaridan unumli foydalanish, ishlab chiqarish boʻyicha muammolarni koʻrib chiqish va ularni ijobiy hal etish, mahsulotlarning tannarxini tushirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda sifatli olib borish hamda erishilgan yutuqlar boʻyicha tajriba almashinishni tashkil etish yuzasidan konferensiya bo`lib o`tdi.


Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi

// 31 October 2022 yil

Joriy yilning 31-oktabr kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 595-son qarori ijrosini taʻminlash hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.


O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi kimyo sanoat mahsulotlarining 31-oktabr sanasidagi savdo yakunlari

// 31 October 2022 yil

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 31-oktabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.


“Oʻzkimyosanoat” AJ axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati boʻyicha eng yuqori natija qayd etgan top 20 davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari qatoridan joy oldi

// 26 October 2022 yil

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ-4751-sonli hamda Vazirlar mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi №373-sonli qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati 2022-yil 3-choragi yakuniy natijalari boʻyicha reyting baholash oʻtkazildi. Baholash “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslandi.