Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Zulfiyaxonimning 110-yilligi keng nishonlandi

// 01 March 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (46.81 MB)

1-mart – Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun yurtimizda har yili keng nishonlanadi. 

Bugun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan shoira tavalludining 110-yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar, talaba-yoshlar, jumladan, “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarining xodimalari ishtirok etishdi. 

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda  Zulfiya  ijodining hozirgi kundagi ahamiyati, uning jahon adabiyotida tutgan oʻrni haqida soʻz bordi. Ijodkor yoshlar tomonidan sheʼr va kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi ham ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda faol ishtirok etdi. Zulfiya Isroilova haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, shoira xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati