Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Yoshlar va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi

// 17 September 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (12.04 MB)

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida koʻrsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash va mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruhi tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJga biriktirilgan ogʻir toifadagi yoshlar va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazildi. 

Uchrashuvda Parkent tumanining “Kungay”, “Nurobod”, “Oʻchoq”, “Soy” va “Teman” mahallalari raislari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. 

Unda ajrim yoqasida boʻlgan yosh oilalarni yarashtirish, 26 nafar yoshni ogʻir toifadan chiqarish masalalalari koʻrib chiqildi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati