Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Yosh ishchi-xodimlar uchun ingliz tili boʻyicha oʻquv kurslari boshlandi

// 17 April 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (617.01 KB)

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK yosh ishchi-xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida xayrli tashabbuslarni ilgari surmoqda. 

Ishchi-xodimlarni xorijiy tillarni oʻrganishga ragʻbatlantirish maqsadida  korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan  ingliz tili darslari tashkil etildi. Hozirda korxonada xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlar va tajribali oʻqituvchilar taʼlim berishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilmoqda. 

Mashg'ulotlarning dastlabki kunlarida 20 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi va xohlovchilar soni ortib bormoqda.

Yaqin kunlarda rus tili boʻyicha ham mashg'ulotlar tashkil etish rejalashtirilgan. 

“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati