Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Yilning eng faol yosh kimyogari aniqlandi

// 21 November 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (810.63 KB)

Maʼlumki, kimyo tarmogʻida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli mutaxassislarning kasbiy va bilim darajasini aniqlash, ular orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, innovatsion gʻoya, loyiha, va texnologiyalarini hayotga tatbiq qilish maqsadida “Yilning eng faol yosh kimyogari” koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi. 

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda “Ammofos-Maksam” AJda “Yilning eng faol yosh kimyogari” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. 

Unda “Oʻzkimyosanoat” tizim korxonalari, hamda Toshkent kimyo-texnologiya universitetida boʻlib oʻtgan mazkur tanlovning ilk bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 8 nafar yosh, faol mutaxassislar oʻz innovatsion gʻoyalari va loyihalari bilan ishtirok etdilar. 

Tanlovda yosh mutaxassislar ilmiy izlanishlari, yurtimiz kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion gʻoya va takliflari, yangi ishlanma va kashfiyotlari bilan oʻz kasbiy mahoratlarini namoyon etishdi.  

Murosasiz oʻtgan bellashuvning natijalari quyidagicha boʻldi

1-oʻrin - Ahror Bozorov - “Birinchi rezinotexnika zavodi”- MCHJ XK xodimi

2-oʻrin- Shodiyaxon Azimova -Toshkent kimyo-texnologiya instituti dotsenti

3-oʻrin- Jonibek Akbarov  “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimi 

Gʻolib va ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom, maxsus statuetka, qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.  

"O‘zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati