Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Yaponiyaning dunyoga mashhur "Ajinomoto" korporatsiyasi vakillari "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga tashrif buyurishdi

// 15 September 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (730.78 KB)

"Ajinomoto" - 1909-yilda tashkil etilgan korporatsiya bo‘lib, oziq-ovqat, ziravorlar, aminokislotalar va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi.

"Ajinomoto Co., Inc." kompaniyasining katta vitse-prezidenti va ijrochi direktori janob Yoshiter Masay boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi yangi ishlab chiqarish majmuasini joylashtirish uchun "Chirchiq" texnoparki salohiyatini o‘rganishga qaratilgan.

Tashrif davomida mehmonlar texnoparkning sanoat infratuzilmasi, logistika imkoniyatlari, shuningdek, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi.

"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirib, o‘zini biznes yuritish uchun zamonaviy va yuqori texnologiyaga ega sanoat maydoni sifatida namoyon etmoqda.