Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Yaponiya olimlari polimer asosidagi himoya materialini ishlab chiqishdi

// 07 January 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (95.27 KB)

 
Tokio texnologiya instituti olimlari turli kimyoviy moddalarga chidamli matolar uchun oʼz-oʼzidan tiklanuvchi qoplama yaratdi. 

Yangi material asosida ular qishloq xoʼjaligi sohasi xodimlari va harbiylar uchun pestitsidlar taʼsiridan, shuningdek, kimyoviy va biologik tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus kiyimlar ishlab chiqarishni rejalashtirishmoqda. 

Innovatsion qoplamani yaratish uchun mato xavfsiz erituvchilarga asoslangan turli xil eritmalarga ketma-ketlikda botiriladi. Bunda material yuzasida turli zaryadli polimerlarning koʼp qatlamli polielektrolit qoplamasi hosil boʼladi. Ishlanmaning oʼziga xos xususiyati shundaki, materialga maxsus fermentlarni, masalan, karbamidni parchalaydigan ureazani kiritish imkoni bor. Tadqiqot rahbari, professor Xiroshi Nakamuraning soʼzlariga koʼra, fermentlar tarkibini himoya kiyimining maqsadiga qarab oʼzgartirish mumkin.

Oʼrnatilgan fermentlar “aqlli” toʼsiq boʼlib ishlaydi - ular teriga tegmasdan oldin xavfli moddalarni zararsizlantiradi. Shu bilan birga, himoya qatlamining qalinligi mikrondan kamroq boʼlib, shu sababli deyarli koʼrinmas boʻladi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati