Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Yanvar oyida “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida boʻlib oʻtgan muhim voqealar

// 01 February 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (298.91 KB)

Joriy yilning o'tgan yanvar oyida "O'zkimyosanoat" Aksiyadorlik jamiyati hamda tarmoq korxonalarida bo'lin o'tgan voqea va tadbirlarni eslaymiz.

  • 2023-yilda hududdagi korxona va tashkilotlarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha “Navoiyazot” AJ eng namunali tashkilot deb topildi. 
  • “Navoiyazot” AJ faoliyati haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida maxsus reportaj namoyish etildi. 
  •  “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK yoshlari “Zakovat” intellektual turnirining tuman bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallashdi.
  •  "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ faoliyati haqida “Qashqadaryo MTRK ” telekanalida maxsus reportaj namoyish etildi.
  •  “Oʻzkimyosanoat” AJda  “Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. 
  •  “Oʻzkimyosanoat” AJda Texnik qoʻmitaning 4-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
  • “Navoiyazot”AJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. 
  • D.I.Mendeleyev nomidagi RKTU Toshkent filiali talabasi “Uzbekistan GTL” stipendiyasi sohibasi bo'ldi. 
  • “Maxam-Chirchiq” AJning  yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va  maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratishda qilingan ishlar bo‘yicha yil sarhisoblari e'lon qilindi.
  • “Oʻzkimyosanoat” AJda “Qon topshir, hayot inʼom et” donorlik aksiyasi boʻlib oʻtdi.
  • Kimyo girls Respublika kimyo olimpiadasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. 
  • “Oʻzkimyosanoat” AJda Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati