Favqulodda holat vaqt, joy tanlamaydi. Ishlab chiqarish jarayonidagi ko‘ngilsizliklarning oldini olish muhim vazifa. Kutilmagan vaziyatlarda esa to‘g‘ri qaror qabul qilish va tezkorlik bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi.
Korxonaning harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadi xodimlari ishtirokida 911-sexda bo‘lib o‘tgan navbatdagi o‘quv amaliy mashg‘uloti ham favqulodda vaziyatlarga shaylikni oshirishga qaratildi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi avariya holati natijasida kimyoviy zaharlanish kuzatilganda soha vakillari amalga oshiradigan hatti-harakat sinovdan o‘tdi.
Mashg‘ulotga maxsus transport vositalari ham jalb etildi.
"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI