Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Xodimlar bilan ishlash mutaxassislari uchun seminar-trening tashkil etildi

// 23 November 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (720.5 KB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ da “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ bilan birgalikda xodimlarni zamonaviy usullardan foydalangan holda boshqarish, xodimlarda korxonaga nisbatan aloqadorlik hissini yanada oshirish, kimyo sanoati tarmogʻida ishchi-xodimlar oʻrtasida mehnat munosabatlarini toʻgʻri tashkil etish maqsadida seminar-trening boshlandi. 

Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarining xodimlar bilan ishlash, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻlinmalari hamda Malakalarni baholash markazlari mutaxassislari ishtirok etishmoqda. 

Treningda yangi mehnat qonunchiligi asosida mehnat munosabatlarini toʻgʻri tashkil etish, undagi oʻzgarishlar, boʻlim xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish, sohadagi dolzarb muammolar va yangiliklar muhokama qilinmoqda. 

Ekspertlar tomonidan mutaxassislar mahoratini oshirish uchun qiziqarli taqdimotlar va mehnat qonunchiligidan eslatmalar namoyish etildi. 

Seminar-trening ertaga ham davom etadi.

"O‘zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati