Xitoyning Gonkong universiteti (CUHK) mutaxassislari choy qoʻziqorini ichimligidan plastik muqobilini yaratishdi. Mahsulot choy va shakarni bakteriya va xamirturush bilan achitish tufayli olingan. Natijada polimer tipidagi bakterial sellyuloza ajratib olingan. Tadqiqot mualliflaridan biri Ngay Toning taʼkidlashicha, undan biologik parchalanuvchi qadoqlash sifatida foydalanish mumkin.
"Ushbu yangi materialni suv oʻtkazmaydigan va yogʻga chidamli qilishimiz mumkin. Biz foydalanadigan ingrediyentlar juda qimmat emas, chunki asosan choy barglari va shakardan foydalanamiz.
Yangi polimerdan sumkalar, qopqoqlar, qutilar va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin. Bundan tashqari, sintetik terini yaratishda ham foydalanish imkoni bor, — deydi mutaxassis.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati