
2025 yilda yurtimiz o‘quvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etib, jami 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.
Quvonarlisi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Daler Rahimov va Mirjahon Muxammadov har biri 1 milliard so‘mdan pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Ushbu rag‘batlantirish ularga Xalqaro kimyo olimpiadasi, Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi va Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medallarni qo‘lga kiritgani uchun berildi.

Ma’lumot uchun: joriy yilda xalqaro fan olimpidalari g‘oliblari, ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat budjetidan jami 12 mlrd 424 mln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan (2019 yilgi 780 mln so‘mdan qariyb 17,5 barobarga ko‘p).
