Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Xalqaro olimlar guruhi neft-kimyo sanoatida qimmat katalizatorlarga samarali almashtiruvchini yaratishdi

// 19 January 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (4.05 MB)

Xalqaro olimlar guruhi neftni qayta ishlashda qoʻllaniladigan qimmatbaho metallar asosidagi yuqori narxdagi katalizatorlar oʻrniga istiqbolli va arzon muqobil variantni taqdim etdilar. 

Molibden karbidi asosida yaratilgan yangi katalizator ogʻir neft fraksiyalari hamda ishlatilgan mahsulotlarni qayta ishlash jarayonini bir necha barobarga tezlashtirib, energiya sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Ushbu texnologiya sohaning asosiy muammosi — katalizatorlarning ishlab chiqarish murakkabligi va tarkibida qimmatbaho metallar mavjudligi sababli yuqori narx muammosini hal qiladi. 

Ishlatilgan aviatsiya moyini qayta ishlash boʻyicha oʻtkazilgan tajribalarda molibden karbidining nano kukuni juda yuqori natijalarni koʻrsatgan. 

U haroratga qarab murakkab uglevodorodlarning termik parchalanish tezligini 639 foizgacha oshirgan, shuningdek, jarayonning aktivatsiya energiyasini 25 foizga kamaytirgan.

Bu neft qoldiqlarini qayta ishlashni sezilarli darajada arzonlashtirish va jadallashtirish uchun keng imkoniyatlar ochadi. 

Katalizator eritmalarni yondirish usuli orqali sintez qilingan boʻlib, keyinchalik haroratli ishlov berilgan. Bu materialning tuzilishida yuqori darajadagi bir xillik va katta solishtirma yuza hosil qilishga imkon berdi. Bu esa uning barqaror ishlashi uchun muhim.

Neft mahsulotlarini qayta ishlashdan tashqari, molibden karbidi asosidagi katalizator boshqa energiya talab qiluvchi jarayonlar, masalan, oltingugurtni yoʻqotish reaksiyalari, ammiak sintezi, metanni qayta ishlash, shuningdek, vodorod ishlab chiqarishda ham samarali qoʻllanilishi mumkin. 

Mazkur texnologiya neft-kimyo, energetika va aerokosmik sanoatini oʻz ichiga olgan turli sohalarda keng koʻlamda joriy etish uchun istiqbolli hisoblanadi.