Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tarmoq korxonalarining internet resurslarini ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib qilish

// 08 June 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (132.18 KB)

Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Tarmoq korxonalarining internet resurslarini ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib qilish” mavzusida videokonferentsiya shaklidagi seminar tashkil etildi.

Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad kontent sifatini oshirish va korporativ veb-saytlarni yanada ommalashtirish, shuningdek, soha mahsulotlarini ijtimoiy media sahifalarida targ'ib qilish sifatini yanada oshirish hisoblanadi.

Seminarda tashkilot tizimidagi korxonalarning marketing xizmati va matbuot xizmati mutaxassislari hamda axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha mas'ul xodimlar ishtirok etdi.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati