Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Vatanparvarlik, fidoyilik, sadoqat – eng oliy burchimizdir!”

// 20 September 2019 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (360.17 KB)

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Vatanparvarlik, fidoyilik, sadoqat – eng oliy burchimizdir!” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimidagi va Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirish marosimidagi nutqlarida bildirilgan fikrlarni jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida targ'ib etish maqsadida Shayxontahur tuman hokimiyati bilan hamkorlikda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkillashtirish yuzasidan imzolangan shartnoma asosida “Ma'naviyat soati” shaklida o'tkaziladi.

Tadbirda Shayxontahur tuman hokimiyati bo'lim boshlig'i E.Jo'raev, “Nuroniy” jamg'armasi Shayxontahur tuman bo'limi raisi R.Abidov, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi Sh.Qudratov va jamiyat rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni Shayxontahur tuman hokimiyati bo'lim boshlig'i E.Jo'raev kirish so'zi bilan ochib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning quyidagi fikrlarini ta'kidlab o'tdi, “Bugun O'zbekiston o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo'ymoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini ta'minlash asosida O'zbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g'oya biz uchun dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda”. Darhaqiqat, 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etish orqali mamlakatimizni barcha sohalarda rivojlantirish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, kimyo sanoatini yanada rivojlantirish hamda bu sohaga investitsiyalarni jalb qilish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarori va qarorda ko'rsatilgan kimyo sanoatini 2019-2030 yillarga mo'ljallangan dasturi fikrimizning isbotidir.

Tadbir davomida so'zga chiqgan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi Sh.Qudratov davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashshabbusni ilgari surganliklari yoshlar hayotidagi muhim burilish bo'lganligi ta'kidlab o'tdi. Ushbu 5 ta muhim tashabbus yoshlarni barkamol avlod bo'lib voyaga yetishlariga ko'maklashadi. Shuningdek, yoshlarni turli illatlardan xoli bo'lishiga zamin yaratadi. Jumladan, korruptsiya va uning salbiy oqibatlaridan. Shuningdek, korruptsiya - shaxsning o'z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yohud o'zga shaxslarning manfaatlarini ko'zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, huddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish korruptsiyaning asosiy tushunchasi ekanligi haqida ma'lumot berildi.

Tadbir so'ngida ishtirokchilar tadbir mexmonlariga savollar bilan murojaat qildilar hamda o'zlarini qiziqtirgan masalalarga oydinlik kiritib, savollarga javob oldilar.

“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati