Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

// 14 January 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (147.72 KB)

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan “Vatanni himoya qilish – fuqarolik burchimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tashkilot tizimidagi tarmoq korxonalari rahbar-xodimlari videokonferens aloqa orqali ishtirok etdi.

Tadbirni “O‘zkimyosanoat” АJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari А.To‘xtayev ochib berdi va barchani bayram bilan tabrikladi. Tabrik so‘zidan keyin tadbirga taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi masʼul xodimlari podpolkovnik Q.Tursunov va podpolkovnik E.Yadgorovlar harbiy sohada yurtimizda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Shundan so‘ng tadbir mehmonlari O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova va Mahfuza Bobotillayeva, O‘zbek Milliy Аkademik teatri aktyori Sharofiddin Muzropovlar o‘zlarining sheʼriy va qo‘shiq ko‘rinishidagi samimiy tabriklarini tadbir qatnashchilariga hamda Mudofaa vazirligidan tashrif buyurgan harbiy ofitserlarga tuhfa etishdi.

Tadbir so‘nggida “O‘zkimyosanoat” АJ tarmoq korxonalarining xodimlari tadbir ishtirokchilariga ezgu tilaklarini yo‘llashdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“O‘zkimyosanoat” АJ Matbuot xizmati