“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashning ikkinchi bosqichi o'tkazildi. Tashkilot xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlashda ZF-UZ-VAC 2001 nomli Xitoy-O'zbek vaktsinasidan foydalanildi.
Mamlakatimizda koronavirusga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlardan biri fuqarolarni koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari hisoblanadi. Bu jarayonda mutaxassislar emlashning afzalliklari, uning inson salomatligi uchun ahamiyati borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 1 mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 nomli koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) Xitoy-O'zbek vaktsinasi tibbiyot amaliyotida qo'llash uchun davlat ro'yxatidan o'tkazilgan edi.
“O'zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati