Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ-4751-sonli hamda Vazirlar mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi №373-sonli qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati 2022-yil 3-choragi yakuniy natijalari boʻyicha reyting baholash oʻtkazildi. Baholash “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslandi.
Quyida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati boʻyicha yuqori reytingli (TOP 20) tashkilotlar keltiriladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki – 99,1 ball
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - 97.9 ball
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi - 97.6 ball
4. “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki - 95.5 ball
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi - 95.2 ball
6. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki - 95.1 ball
7. Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat "Xalq banki" – 94 ball
8. Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki- 93.6 ball
9. “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki - 93.1 ball
10. “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki - 92.4 ball
11. Navoiy kon-metallurgiya kombinati -92.3 ball
12. Namangan viloyati xokimligi - 92.2 ball
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – 91.6 ball
14. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi - 91.4 ball
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi – 90.3 ball
16. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati – 90.3 ball
17. Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinati – 90.2 ball
18. Fargʻona viloyati hokimligi -89.8 ball
19. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati – 89.7 ball
20. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi -89.2 ball