Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Uzbek Import Fair 2025” – Import oʻrnini bosish va mahalliylashtirish sari qadam

// 08 October 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (41.32 MB)

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz”da Bojxona qoʻmitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan “Uzbek Import Fair 2025” I-xalqaro koʻrgazmasi oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Koʻrgazma “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda jahonning turli mamlakatlaridan qator kompaniyalar vakillari ham ishtirok etmoqda.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari ham oʻz axborot stendlari bilan koʻrgazmada faol ishtirok etmoqda. Ular tomonidan kimyo sanoati mahsulotlari, parfyumeriya, kosmetika va shaxsiy gigiyena vositalari namoyish etilmoqda. Shuningdek, mahalliylashtirish dasturi hamda sanoat kooperatsiyasi doirasida importni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar va 15,6 mln dollarlik import qilinayotgan kimyoviy mahsulotlar namunasi taqdim etilgan.

Koʻrgazma doirasida tashkil etilayotgan panel sessiyalarda esa sanoatning koʻplab sohasida mahalliy kontentni rivojlantirish boʻyicha samarali yechimlar tahlil qilinmoqda.

Bu oʻz navbatida mahalliy tadbirkorlar uchun ichki bozordagi real ehtiyoj hajmini oʻrganish, import oʻrnini bosish va oʻz biznesini kengaytirishda muhim maydonga aylanmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati