Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Fargʻona viloyatida kimyo sanoati sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

// 20 July 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (571.38 KB)

Fargʻona viloyati hokimligida kimyo sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Fargʻona viloyati hokimligi hamkorligida oʻtkazildi. Unda tarmoqda mavjud muammolar, ularni hal etish mexanizmlari, ishlab chiqarishni rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir takliflar muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini oʻrganish, iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish maqsadida Fargʻona viloyatiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi biriktirilgan. Mazkur yoʻnalishda tarmoqlar kesimida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda toʻrtta ilmiy tashkilot masʼul etib belgilangan.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi hamda kimyo sanoatida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.