Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi

// 17 August 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (27.02 MB)

Mustaqillik toʻyi” festivali doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari xodimlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Unda “Navoiyazot” korxonasining Investisiya va loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi mutaxassislari — Ilhom Nazarov va Dilfuza Sharipovalar ishtirok etib, mehnat faoliyati, tajriba va zamonaviy yondashuvlar haqida fikr almashdilar.


Uchrashuv davomida turli avlod vakillari o‘rtasida tajriba almashish, kasbiy an’analarni yosh avlodga yetkazish hamda sohadagi yangilanishlar haqida muloqot qilindi.

Bunday uchrashuvlar mehnat jamoalarida avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va sohadagi boy tajribani davom ettirishga turtki bo'ladi.