Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raislari saylandi

// 13 July 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.31 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi, xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi S.Abduraxmanova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 87-son Farmoni hamda “Oʻzkimyosanoat” AJning 2022-yil 31-maydagi 73-son “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisini tasdiqlash toʻgʻrisida” qabul qilingan buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 7-, 13-, 14-, 21-, 22-, 23-, 24-, 29-iyun va 6-iyul kunlari “Ammofos-Maxam” AJ, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Maxam-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Fargʻonaazot” AJ, “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ, “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ, “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKlariga xizmat safarlari uyushtirildi.

Xizmat safarlari davomida 11 ta tarmoq korxonalarida ishchi xotin-qizlarning takliflari asosida ovoz berish yoʻli bilan xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raislari saylandi. Ularning kelgusidagi faoliyatiga yuksak ishonch bildirildi. Shuningdek, korxonalarga tashrif davomida xotin-qizlar bilan sayyor qabullar oʻtkazildi. Xotin-qizlar uchun yaratilgan ish sharoitlari oʻrganildi.

10488 nafar(xodimlarning umumiy soniga nisbatan 35%) xotin-qizlar faoliyat olib borayotgan “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti Nizomi va Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilot Kengashining 2022-yil II yarim yilligi uchun ish rejalari tasdiqlandi.