Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tezkor qutqaruv xizmati o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

// 21 January 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.54 MB)

Tasdiqlangan reja asosida “Ammofos-2” sexida avariya vaziyatlarining tarqalishini chegaralash va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulotga o‘quv tezkor qutqaruv xizmatlari — HGQO, OYoXTTEB, IHQX, tibbiyot punkti hamda tegishli bo‘lim ishchi-xodimlari jalb qilindi.

O‘quv mashg‘uloti davomida “Ammofos-2” sexida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari maxsus ishlab chiqilgan ssenariy asosida bartaraf etildi. Belgilangan vaqt me’yorlariga qat’iy rioya qilingan holda tezkor xizmatlarning xizmat vazifalari samarali bajarildi.

Mashg‘ulot yakunida mas’ul mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tezkor bo‘linmalarning harakatlari hamda aniqlangan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. O‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti umumiy baholash natijalariga ko‘ra qoniqarli deb topildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati