Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi

// 16 December 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (16.67 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boʻlinmalari rahbar va xodimlari ishtirokida videokonferensiya aloqa shaklida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirga xodimlar bilan ishlash hamda davlat xaridlarini tashkil etishga masʼul boshqarmalar xodimlari ham jalb etildi.

Davra suhbatida asosiy eʼtibor joriy yil 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy kengashning kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratildi. 

Taʼkidlanganidek, bu borada har bir korxonada chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy harakatlar olib borilgan. 

Tadbir davomida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Shuningdek, yil davomida tizim korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot va tasdiqlovchi hujjatlarni sifatli tayyorlash, ularni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “E-anticor.uz” elektron platformasiga toʻliq va belgilangan muddatlarda joylashtirish masalalari ham muhokamalar markazida boʻldi.

Vazifalarning izchil va samarali ijrosi “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarmda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga, shuningdek, sohadagi faoliyat samaradorligini reyting baholash tizimida yuqori koʻrsatkichlarga erishishga xizmat qilishi taʼkidlandi.