Bugun “O‘zkimyosanoat” AJning Tarmoq ilmiy-texnik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Jamiyat rahbariyati, “Maxam-Chirchiq” AJning Ishlab chiqarish bo‘yicha direktori, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlarining vakillari ishtirok etdi. Ayni paytda tarmoq korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, jarayonga energiya tejamkor va samarador texnologiyalarni keng joriy etish yuzasidan amaliy harakatlar olib borilmoqda.
Shunga ko‘ra, “Maxam-Chirchiq” AJ tomonidan 2025–2027-yillarda “Yangi havo ajratuvchi qurilmani joriy etish orqali gaz xomashyosi tayyorlash sexini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
“O‘zkimyosanoat” AJning Innovatsiya va yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan yig'ilishda ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish maqsadida texnik shartlar loyihasi muhokama qilindi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati