2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan eksport yoʻnalishida barqaror natijalarga erishildi. Hisobot davrida jamiyat tizimida jami 329 million dollarlik kimyoviy mahsulotlar eksport qilindi.

Eksport tarkibida yuqori talabga ega mineral oʻgʻitlar va kimyoviy mahsulotlar asosiy oʻrinni egalladi. Jumladan:
karbamid – 64,4 mln dollar;
ammiakli selitra – 38,4 mln dollar;
superfosfat – 8,8 mln dollar;
past zichlikdagi ammoniy nitrat – 19,1 mln dollar;
KMS va PAS – 3,8 mln dollar;
boshqa kimyoviy mahsulotlar – 194,5 mln dollar.
Ayniqsa, qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan boshqa kimyoviy mahsulotlar eksporti 194,5 mln dollarni tashkil etib, umumiy eksport hajmining katta qismini taʼminladi. Shuningdek, superfosfat hamda KMS va PAS mahsulotlari boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlari ortigʻi bilan bajarildi.
Erishilgan natijalar “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimida mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish hamda eksport geografiyasini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasini koʻrsatmoqda.