Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Investitsiya dasturi ijrosi: 283,2 mln dollar xorijiy investitsiya oʻzlashtirildi.

// 21 July 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.11 MB)

2026-yilning birinchi yarim yilligida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Investitsiya dasturi doirasida belgilangan vazifalarning izchil ijrosi taʼminlanib, tarmoqni modernizatsiya qilish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida salmoqli natijalarga erishildi.2026-yilning birinchi yarim yilligida “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Investitsiya dasturi doirasida belgilangan vazifalarning izchil ijrosi taʼminlanib, tarmoqni modernizatsiya qilish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida salmoqli natijalarga erishildi.

Hisobot davrida jami 283,2 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, belgilangan reja 105 foizga bajarildi. Shundan 278,2 mln dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga, 5 mln dollari esa davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobiga toʻgʻri keldi.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida joriy yilning birinchi yarim yilligida umumiy qiymati 14,9 mln AQSH dollari boʻlgan 3 ta yangi loyiha foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyihalar doirasida yillik 177 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi hamda 147 ta yangi ish oʻrni tashkil etildi. Bu esa tarmoqning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, shuningdek, aholi bandligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.