
2025-yilda “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan inson resurslarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
- Yil davomida kimyo sanoati tizimida jami 6427 nafar ishchi-xodimlar malakasi oshirildi.
- Shundan 3294 nafari respublika oʻquv markazlarida, 3133 nafari esa korxonalar huzuridagi oʻquv markazlarida taʼlim oldi.
- Malaka oshirganlar orasida 1277 nafarini yoshlar (20%) va 1461nafarini (22,7%) ayollar tashkil qiladi.
- Shuningdek, 708 nafar xodim mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tayyorlandi.
- Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun 6 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi.
Tizimga rahbar kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining 2025/2026-oʻquv yili magistraturasiga tarmoqdan 6 nafar mutaxassis qabul qilindi.