Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Sarhisob: Ekologik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar

// 18 February 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (3.81 MB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida 2025-yil davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Yil davomida umumiy qiymati 35,7 mlrd soʻmlik 91 ta ekologik chora-tadbir bajarildi. 

Ushbu ishlar doirasida korxonalarda chang-gaz tozalash uskunalari taʼmirlandi va ularning samaradorligi oshirildi, ekologik meʼyor va talablarga qatʼiy rioya etilishi taʼminlandi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida quyidagi muhim ekologik koʻrsatkichlarga erishildi:

  • 17,8 ming tonna atmosferaga tashlanma qisqartirildi (shundan 2,1 ming tonnasi toksik tashlamalar);
  • 224,8 ming kub metr oqova suv tashlanishining oldi olindi;
  • 441,2 ming kub metr artezian suvi iqtisod qilindi;
  • 201,7 tonna chiqindi hosil boʻlishi oldi olindi;
  • 32,6 ming tonna chiqindi utilizatsiya qilindi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida tarmoq korxonalari hududlari va atrofida jami 643 ming tup mevali va manzarali daraxtlar, buta koʻchatlari hamda qalamchalar ekildi.

Mazkur natijalar kimyo sanoati korxonalarida ekologik masʼuliyatni oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini “yashil” tamoyillar asosida modernizatsiya qilish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida izchil ishlar olib borilayotganini koʻrsatadi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ kelgusida ham ekologik xavfsizlikni taʼminlash, chiqindilarni qisqartirish va resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan loyihalarni izchil davom ettiradi.