Samarqand shahrida O`zbekiston – Rossiya 3-ta’lim forumi o`tkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston va Rossiya tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishmoqda. Ta’lim va ilm-fan rivojiga alohida e’tibor qaratuvchi “O`zkimyosanoat” AJ ham ushbu nufuzli tadbirda faol qatnashmoqda. Forumda “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o`rinbosari Yevgeniy Korjikov ham ma’ruza o`qidi.
Mazkur forum doirasida mamlakat oliy oʻquv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish, muhandislik, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Forum yakunida 100 ga yaqin hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda. Bitimlar asosan Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalarining tajribasini Oʻzbekiston oliygohlariga tatbiq etishga qaratilgan.
“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati