Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Kirish imtixonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tdi

// 27 August 2020 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (839.61 KB)

Bugun 27 avgust kuni D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli o'tkazildi. Imtihon kimyo fani bo'yicha bo'lib o'tdi.

D.I.Mendeleev nomidagi RKTU Toshkent filialida 2020-2021 o'quv yili quyidagi ta'lim yo'nalishlaridan iborat:

  • Kimyo texnologiyasi;
  • Texnosfer xavfsizlik;
  • Materialshunoslik va meteriallar texnologiyasi;
  • Materiallarni badiiy qayta ishlash texnologiyasi.

Filialda o'qishning 40 foizi davlat grati, 60 foizi to'lov kontrak asosida amalga oshiriladi.

Imtihonlar sanitariya-gigiena qoidalariga va ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda ochiq havoda o'tkazildi. Imtihonga kirishdan oldin har bir abiturientning harorati tekshirildi.

Abiturientlar bir martalik tibbiy niqob, qo'lqop, kepka, ruchka, suv va bir martalik stakanlar bilan ta'minlandilar.

Kimyo fani bo'yicha imtihonda D.I.Mendeleevning davriy jadvali va kalkulyator tarqatildi.

Ayrim sabablarga ko'ra kirish imtihonlarida qatnasha olmagan abiturientlar tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda zaxira kuni ya'ni 29 avgustda o'tkazib yuborilgan imtihonni topshirishlari mumkin.

Imtixonlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi texnik ko'magida o'tkazildi. Shuningdek, vazirlik imtixonlarning onlayn translatsiyasini tashkil etishda ham amaliy yordam ko'rsatdi.

O'zkimyosanoat AJ Matbuot xizmati