Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Rossiyaning yetakchi kimyo kompaniyalaridan biri sanalgan “Shekinoazot” AJ “Fargʻonaazot” AJni xususiylashtirish jarayonlariga qiziqish bildirmoqda

// 23 July 2022 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (2.46 MB)

21-22- iyul kunlari Rossiyaning yetakchi kimyo kompaniyalaridan biri sanalgan “Shekinoazot” AJ rahbariyati “Oʻzkimyosanoat” va “Fargʻonaazot” aksiyadorlik jamiyatlariga tashrif buyurishdi.

Dastlab direktorlar kengashi raisi Sokol Boris Aleksandrovich boshchiligidagi “Shekinoazot” AJ delegatsiyasi “Oʻzkimyosanoat” AJda boʻlishdi. Uchrashuvda “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan yurtimizning yirik kimyo korxonlarini transformatsiya qilish jarayonlari boʻyicha olib borilayotgan ishlar hamda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar yuzasidan taqdimot oʻtkazildi. Shu bilan birga, “Shekinoazot” AJ ham kompaniya tomonidan soʻnggi yillarda amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalari, ishlab chiqarilayotgan mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar, qolaversa, metanol ishlab chiqarish va uni qayta ishlash boʻyicha joriy qilingan zamonaviy texnologiyalar boʻyicha oʻz tajribasini taqdimot qildi.  

Shuningdek, mamlakatimizning yirik kimyo korxonalaridan biri sanalgan “Fargʻonaazot” AJning xususiylashtirish jarayonlariga qiziqish bildirgan “Shekinoazot” AJ delegatsiyasi 22-iyul kuni korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “Fargʻonaazot” AJga ham tashrif buyurishdi. Tashfir davomida delegatsiya aʻzolari korxona hududi, ishlab chiqarish jarayonlari va texnologiyalari hamda amalga oshirilgan yangi loyihalar bilan tanishishdi.

Maʻlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, “Shekinoazot” AJ Rossiya kimyo korxonalari orasida etakchi oʻrinlardan birini egallaydi va 65 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya va jahon kimyoviy xom ashyo va mahsulotlar bozorlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib keladi.

 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati