Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

// 07 May 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (712.05 KB)

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Timur Muxamedjanov Parkent tumani mahallalarida istiqomat qiluvchi, alohida e'tiborga muhtoj “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan uchrashdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-sonli Farmonida keltirilgan koʻplab vazifalar yuzasidan  bugungi kunda “ogʻir” toifadagi yoshlarning muammolarini hal qilish, salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori boʻlgan kasb—hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash, huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. 

Maʼlumot uchun, “Oʻzkimyosanoat”AJga Toshkent viloyati Parkent tumanining “Kungay”, “Nurobod”, “Oʻchoq”, “Soy” va “Teman” mahallalaridan jami 26 nafar “ogʻir” toifadagi yoshlar biriktirilgan. 

Timur Muxamedjanov har bir yosh bilan shaxsan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar va iltimoslarini tingladi. Muammolarini ijobiy hal qilish maqsadida masʼullarga bir qancha topshiriqlar berildi. 

Yoshlarning oila, mehnat jamoasi, taʼlim muassasalaridagi muhitini oʻrganish, psixologik, moddiy yordam berish va qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati