Chinakam xalq harakatiga aylangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonlarida ham kuzgi koʻchat ekish tadbirlari faol olib borilmoqda. Xususan, “Qoʻngʻirot soda zavodi» MCHJ QKga qarashli hududlarda, “Elobod shaharchasi”, Yangi Oʻzbekiston mavzesida daraxtlar, koʻchatlar, butalar va gullar ekish, parvarishlash, ularni sugʻorish ishlari amalga oshirilyapti.
Joriy yilning 11-noyabr kuni «Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi Timur Muxamedjanovning “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKga qilgan safari davomida yangidan 8 ga yerni oʻzlashtirish va 5 ga yerni koʻkalamzorlashtirish va ushbu yerlarda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish yuzasidan vazifalar belgilangan edi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ “Ekologiya va Yashil iqtisodiyot” boʻlimi boshligʻi Niyazov Daniyar tomonidan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QKda “Yashil makon umummilliy loyixasi” dasturi asosida belgilangan vazifalar ijrosi bevosita tahlil qilindi.
Ayni paytda “Qoʻngʻirot soda zavodi» MCHJ QK karashli “Yangi Oʻzbekiston” turar-joy massivida unumsiz tuproq oʻrniga 15 km uzoqlikdan sof tuproq olib kelinib, yerlar oʻzlashtirilmoqda. Shuningdek, ushbu yerlarga koʻkalamzorlashtirish maqsadida mahalliy oʻgʻit bilan ishlov berilmoqda.
Shu bilan birga Yangi Oʻzbekiston massivini ham koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan yangidan 8 ga yer oʻzlashtirilib, 18,6 ga yerda agrotexnik tadbirlar olib borildi. Hududda 16 571 dona manzarali va mevali daraxt koʻchatlari, 23 429 dona buta koʻchatlari hamda 6 406 dona gul ekildi. 3 785 tup daraxtga zararkunandalarga qarshi ishlov berildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan tasdiqlangan Manzilli dastur asosida jami 40 000 dona koʻchat ekildi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati