Joriy yilning 18-20 dekabr kunlari korxonada “DQS Quality system” audit kompaniyasi tomonidan ISO 9001:2015 sifat menejmenti, ISO 14001:2015 ekologik menejmenti, ISO 50001:2018 energetika menejmenti, ISO 45001:2018 sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejmenti va ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari bo‘yicha integrallashgan menejmentini joriy etish va sertifikatlashtirish bo‘yicha audit o‘tkazildi.
O‘tkazilgan audit muvaffaqiyatli yakunlanib korxonamiz 5 ta xalqaro yo‘nalishdagi ISO sertifikatiga ega bo‘ldi.
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati